Welcome to Respublika o'rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Respublika o'rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasi Powered By GSpeech

Ayni paytda Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari bugungi global vaziyatdan kelib chiqib, mamlakat aholisini koronavirusga qarshi qarshi emlash masalasiga to‘xtalib o‘tdi.  

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga birinchi bosqichda Rossiyadan 1 million doza “Sputnik V” vaksinasini olib kelish rejalashtirilgan.  

Prezident rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonov 1 million vaksinadan 500 mingini o‘z hisobidan olib berishini, birinchi 50 mingtasini Namangan xalqiga berishni so‘raganini ma’lum qildi.  

– Eng foydali, maqbul vaksinani olib kelamiz. Hamma o‘z fikrini aytsin. Men uchun eng katta masala – xalqimizning salomatligi. Qaysi vaksina sinovi ma’qul bo‘lsa, pulidan qat’i nazar, yetkazib olib kelamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA

SAMARQAND OB-HAVO

Tugmani bosing Tinglash