Welcome to Respublika o'rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Respublika o'rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasi Powered By GSpeech

Inson salomatligi har narsadan ustun.

Buni tani-joni og‘rigan insongina yaxshi his etadi. Sog‘lig‘ida muammosi bor insonga yordam berish, uni qo‘llab-quvvatlash, muolaja ko‘rsatish shifokorlik kasbining mas’uliyatini yanada oshiradi.  

Bugun dunyoda tibbiyot rivojlanib, barcha yo‘nalishlarda zamonaviy tekshiruv jihozlaridan keng foydalanilgan holda jarrohlik amaliyotlari olib borilmoqda. Xususan, yurtimizda ham. Tibbiyot faqatgina poytaxtda emas, balki viloyatlarda ham aholining og‘irini yengil qilishi uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.  

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan Guliston shahridagi Sirdaryo viloyat kardiologiya dispanserida birinchi marotaba yurak karona tomirlari bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, shu kunning o‘zida 6 nafar bemorda stentlash amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.  

Viloyat kardiologiya dispanseriga yangi keltirilgan tibbiy uskunalar, apparaturalarning taqdimot marosimida viloyat hokimi, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, Toshkent va sirdaryolik sohaning malakali mutaxassislari, dispanser jamoasi va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda barcha sohalar singari tibbiyotda ham izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida kardiologiya va kardiojarrohlik sohasidagi ishlar keyingi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani, ushbu yo‘nalishda bemorlarga zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘ziga xos tizim yaratilgani alohida ta’kidlandi.

Dunyoning ilg‘or mamlakatlarida qo‘llanilayotgan eng noyob diagnostika va davolash texnologiyalari endilikda mamlakatimizning bir necha viloyatlari qatori Sirdaryoda ham mavjud.  

2017-2018 yillar davomida investitsiya dasturi asosida ushbu shifo maskanida 8 milliard 300 million so‘mlik qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.  

– Bundan bor-yo‘g‘i bir necha oy muqaddam viloyatimizda zamonaviy murakkab kardiojarrohlik amaliyotini o‘tkazishga zarur shart-sharoit va yurak operatsiyasi hamda shu bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega emas edik, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yo‘ldoshev. – O‘tgan 2020 yilda 2 ming 775 nafar bemor ushbu muassasada davolanib chiqqan bo‘lsa, butun yil davomida faqatgina 200 nafar sirdaryolik bemorga poytaxtdagi shifoxonalarga yo‘llanma berildi, xolos.  

Ayni paytda, mazkur markaz hisobida 38 ming 599 nafar bemor ro‘yxatda turadi. Boshqarma mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda viloyatda 3 ming 211 nafar yurak-qon tomirlarini stentlash amaliyotiga muhtoj bo‘lgan bemorlar borligi aniqlandi. Endilikda ularga viloyatning o‘zida, aynan mana shu kardiologiya dispanserida stent qo‘yish imkoniyati yaratildi.

Viloyat kardiologiya dispanseriga qo‘shimcha tarzda 1 million 600 ming AQSH dollariga teng miqdorda 23 turdagi 88 dona zamonaviy tibbiyot jihozi olib kelindi. Muassasada endovaskulyar xirurgiya bo‘limiga koronoroangiograf apparati o‘rnatildi. Ushbu tibbiyot uskunasi orqali bemorlarning yurak koronar qon tomirlari, uyqu arteriyalari va son arteriyalarini tekshiruvdan o‘tkazish, muhtoj bo‘lgan bemorlarga stent qo‘yish amaliyotini bajarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning samarasi o‘laroq, viloyatda yurak ritmining murakkab buzilishini jarrohlik yo‘li bilan tiklash va yurakda ochiq jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish ham yo‘lga qo‘yildi.  

Darvoqe, ushbu operatsiyalarni xorijda malaka oshirib kelgan mahalliy mutaxassislar, ya’ni Rossiya Federatsiyasidagi “Bakuleva” institutida tahsil olgan 1 nafar va Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida malaka oshirib kelgan 2 nafar vrach-kardiojarrohlar amalga oshirmoqda.  

Soha mutaxassislarining qayd etishicha, ushbu markazda bir kunda o‘ndan ziyod bemorda kardiojarrohlik amaliyotini o‘tkazish mumkin ekan. Mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, 24 soatlik ish rejimiga o‘tish imkoniyati ham mavjud.  

Aholi salomatligini muhofaza qilish har kungi, muhim e’tibordagi masala bo‘lib qolaveradi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

A.Qayumov, F.Toshmatov(surati), O‘zA

SAMARQAND OB-HAVO

Tugmani bosing Tinglash