Welcome to Respublika o'rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Respublika o'rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasi Powered By GSpeech

Erkinjon Turdimov qabulda sudlar faoliyatiga taalluqli murojaatlarni nega qabul qilmadi?

 
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Toyloq tumanida oʻtkazgan sayyor qabulida ushbu tuman aholisi bilan birga Samarqand shahri, Urgut, Samarqand, Jomboy tumanlaridan fuqarolar ishtirok etdi. 
 
Toyloqdagi qabulda ham fuqarolardan biri sud qaroridan norozi boʻlib viloyat hokimiga murojaat qildi. E.Turdimov esa ushbu fuqaro misolida sudlar faoliyati bilan bogʻliq masalada kelgan boshqa murojaatchilariga ham yuzlanib shunday dedi:
 
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Toyloq tumanida oʻtkazgan sayyor qabulida ushbu tuman aholisi bilan birga Samarqand shahri, Urgut, Samarqand, Jomboy tumanlaridan fuqarolar ishtirok etdi. 
 
Taʼkidlash lozimki, aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda yuzaga kelayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida oʻtkazilayotgan shu kabi sayyor qabullarda viloyat hokimi bilan birga viloyatdagi ijro hokimiyati idoralari va huquq-tartibot organlari rahbarlari, sudlar raislari va boshqa mutasaddilar ishtirok etmoqda. Bu esa har bir masalani oʻsha joyning oʻzida muhokama qilish va muammoga yechim topishga xizmat qilmoqda. Ammo, murojaatchilar orasida buni notoʻgʻri talqin qilayotganlar ham uchramoqda. 
 
Toyloqdagi qabulda ham fuqarolardan biri sud qaroridan norozi boʻlib viloyat hokimiga murojaat qildi. E.Turdimov esa ushbu fuqaro misolida sudlar faoliyati bilan bogʻliq masalada kelgan boshqa murojaatchilariga ham yuzlanib shunday dedi:
 
– Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra, sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
 
Viloyat hokimi boʻlsam-da men ham qonundan tashqari ish yuritolmayman. Sud qaroridan norozi boʻlsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi sud idoralariga murojaat qiling.
 
Yana bir jihat, keyingi sayyor qabullarda kuzatilayotgan va rad javobi berilayotgan boʻlsa-da ayrim shaxslarning boqimandalik kayfiyatidagi murojaatlariga javoban ularga tomorqadan samarali foydalanish, ishga joylashish yoki oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanish taklif etilib, shu kabi yoʻnalishlarda koʻmak berilishi tushuntirilmoqda. Yaʼni, ehtiyojmand odamga baliq emas, qarmoq taklif etilmoqda.
 
Bu galgi qabul chogʻida ham ushbu toifadagi shaxslar ana shunday javob oldi.
 
Lekin haqiqatdan ham dolzarb boʻlgan, uzoq vaqtdan buyon yechimi topilmayotgan, ayrim rahbarlarning eʼtiborsizligi tufayli oʻz holiga tashlab qoʻyilgan masalalarga shu yerning oʻzida yechim topildi. Oʻrganilishi talab etiladigan murojaatlar yuzasidan muddat belgilandi.
 
Umuman, E.Turdimovning Toyloqdagi sayyor qabulida 210 dan ziyod murojaat qayd etilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
 

 

Gʻ.HASANOV, OʻzA

SAMARQAND OB-HAVO

Tugmani bosing Tinglash