Welcome to Respublika o'rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasiClick to listen highlighted text!Welcome to Respublika o'rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasiPowered By GSpeech
RESPUBLIKA O'RTA TIBBIYOT VA FARMASEVT XODIMLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI IXTISOSLASHTIRISH MARKAZI SAMARQAND FILIALI
Sirdaryoda birinchi marotaba yurakni karona tomirlari bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
Bugun dunyoda tibbiyot rivojlanib, barcha yo‘nalishlarda zamonaviy tekshiruv jihozlaridan keng foydalanilgan holda jarrohlik amaliyotlari olib borilmoqda. Xususan, yurtimizda ham. Tibbiyot faqatgina poytaxtda emas, balki viloyatlarda ham aholining og‘irini yengil qilishi uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i
Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish, sohaga doir dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, chuqur bilim va yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan
Djabbarova Bibinor
-
Denov tumani tibbiyot birlashmasining kardiologiya boʻlimi mudiri, Surxondaryo viloyati
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Abdullayev Nurmamat
-
Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori, Samarqand viloyati
Azizov Mirxakim Javxarovich
-
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Baratov Abdumannon
-
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali hamkor va asoratlangan jarohatlar boʻlimi mudiri, Jizzax viloyati
Iskandarov Tulkin
-
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri
Turayev Raxmatillo Fuzaylovich
-
Buxoro shahri tibbiyot birlashmasining travmatologiya va ortopediya boʻlimi mudiri, Buxoro viloyati
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Daminov Botir Turgunpulatovich
-
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Yernazarova Umitgul Kunniyazovna
-
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpogʻiston filiali sanaviatsiya boʻlimi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Mirzalxodjayeva Miyasar Djumabayevna
-
Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam shoxobchasi katta feldsheri, Toshkent viloyati
Saloxiddinov Zuxriddin
-
Andijon davlat tibbiyot institutining 1-umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash kafedrasi mudiri, Andijon viloyati
Sarimsakov Xomitjon Axmedovich
-
Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimi mudiri, Fargʻona viloyati
Suleymanova Dilora
-
Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining anemiya markazi mudiri
Umarova Xayitgul Ruziyevna
-
Qamashi tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Qashqadaryo viloyati
Xayritdinova Mavjudaxon Xamzayevna
-
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi
Xalilova Zamira Abduganiyevna
-
Olmazor tumanidagi 14-oilaviy poliklinikasi boʻlim boshligʻi, Toshkent shahri
I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Mamadumarova Shirmonxon Yakubjanovna
-
Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimi neonatologi, Namangan viloyati
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Abduraimova Manzura Kuvandikovna
-
Boyovut tumani tibbiyot birlashmasining 2-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Sirdaryo viloyati
Gafarov Bobojon Gafarovich
-
Navbahor tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi mudiri, Navoiy viloyati
Davletova Diloram Rinatovna
-
Toshkent shahri 5-bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori
Dzugayeva Lyudmila Ruslanovna
-
Xorazm viloyati Bolalar uyi bosh shifokori
Yeshmuratova Zamira Djalgasovna
-
Qoʻngʻirot tumani tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimi hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Karimov Abdulaziz Abduxalimovich
-
Andijon shahridagi “VISUS” masʼuliyati cheklangan jamiyati oftalmolog-jarrohi, Andijon viloyati
Kim Klara
-
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Fargʻona filiali shoshilinch pediatriya boʻlimi mudiri, Fargʻona viloyati
Qosimova Sayyora Ganiyevna
Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi, Jizzax viloyati
Moʻminov Askar Ubaydullayevich
Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi bosh shifokori
Pulatova Shaxnoz Sadullayevna
-
1-Respublika klinik shifoxonasining reabilitatsiya-nevrologiya boʻlimi mudiri
Rasulova Saodat Chorshanbiyevna
Urgut tumanidagi “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyi kichik tibbiy xodimi, Samarqand viloyati
Roʻziqulov Shuxrat Xolmatovich
Termiz shahri yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimi mudiri, Surxondaryo viloyati
Safarova Gulnora Qoxorovna
Kogon shahri tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi pediatri, Buxoro viloyati
Sultonsaidova Muxaram
Oqqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Toshkent viloyati
Usmanova Muxtaram Baratovna
Nishon tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi hamshirasi, Qashqadaryo viloyati
Xodjanov Iskandar Yunusovich
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar travmatologiyasi boʻlimi mudiri
“Doʻstlik” ordeni bilan
Azizov Ismatdjan Kazimovich
-
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining Giyohvand vositalarini nazorat qilish qoʻmitasi raisi
Akbarov Mirshavkat Miralimovich
-
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim mudiri
Axmedov Karabek Uralovich
-
Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi feldsheri, Sirdaryo viloyati
Baymanova Zamira Ataxanovna
-
Gurlan tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi, Xorazm viloyati
Davletova Jamila Jollibayevna
-
Moʻynoq tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Karimova Ezazxon Egamberdiyevna
-
Marhamat tumanidagi 33-qishloq oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Andijon viloyati
Otepova Baxtigul Jusipovna
-
Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining Uchquduq tumani boʻlinmasi ijrochi direktori, Navoiy viloyati
Pushkareva Olga Viktorovna
-
U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy asab kasalxonasi boʻlim boshligʻi
Rasulov Otabek Adilovich
-
Surxondaryo viloyati perinatal markazi direktori
Sayidov Toʻraqul Joʻraqulovich
-
Peshku tumanidagi “TJS-MED” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh shifokori, Buxoro viloyati
Fetiyev Edem Reshatovich
-
Toʻraqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasining bolalar boʻlimi pediatri, Namangan viloyati
Filippova Marina Nikolayevna
-
Samarqand shahri tibbiyot birlashmasi katta hamshirasi, Samarqand viloyati
Shirgazina Raisa Xakimovna
-
Fargʻona viloyati 2-sil kasalliklariga qarshi kurashish dispanseri ftiziatri
Yakubova Mamura Maxamatovna
-
Toshkent shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun 1-internat uyi hamshirasi
“Shuhrat” medali bilan
Abduraxmanova Djamilya Tulkunovna
-
Yangiyoʻl shahridagi “Rustambek niyat” xususiy korxonasi rahbari, Toshkent viloyati
Azizov Mamatkul Kurbanovich
-
Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori
Aminjonova Gulshodxon Nizomovna
-
Soʻx tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimi hamshirasi, Fargʻona viloyati
Artikova Saidaxon Saʼdullayevna
-
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi katta hamshirasi
Bahronov Asqar Soliyevich
-
Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Buxoro viloyati
Davlatov Azamat Ibroyimovich
-
Xorazm viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi
Daminova Gulnora Ashuraliyevna
-
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filiali anesteziologiya va reanimatologiya boʻlimi hamshirasi, Surxondaryo viloyati
Djurayeva Gulandom Muxtarovna
-
Zarafshon shahri koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining terapiya boʻlimi uchastka terapevti, Navoiy viloyati
Dosmatova Ranojon Jumabayevna
-
Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasining ichki kasalliklar boʻlimi hamshirasi, Namangan viloyati
Karimova Gulsara Rayimovna
-
Yakkabogʻ tumanidagi “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uyi katta hamshirasi, Qashqadaryo viloyati
Karimova Nigora Xabibullayevna
-
Toshkent shahri 1-bolalar klinik shifoxonasining anesteziologiya va reanimatsiya boʻlimi hamshirasi
Kuldashev Abdunabi Ibadullayevich
-
Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi mudiri, Sirdaryo viloyati
Mirsagatova Klara Karabayevna
-
Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi nevrologiya boʻlimi katta hamshirasi
Muxitdinova Yokutxon Nuritdinovna
-
Namangan viloyati bolalar silga qarshi kurashish sanatoriysi hamshirasi
Saburov Gayratdin Tolыbayevich
-
Nukus tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Hayitov Yangiboy Choriyevich
-
Qashqadaryo viloyati nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi shifokori
Hamraqulova Zulxumor Oʻrazovna
-
Zomin tumanidagi “Muruvvat” nogiron ayollar uchun internat uyi bosh hamshirasi, Jizzax viloyati
Yuldashxodjayeva Marxamat Mingbayevna
-
“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Olmaliq shahar tayanch punkti direktori, Toshkent viloyati
Yarbekov Rustam Raimkulovich
-
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kardioxirurgiya boʻlimi mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Majburiy tibbiy sug‘urta: aholidan majburiy ravishda pul yig‘iladimi?
Mamlakatda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish borasida talay amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, tez tibbiy yordam tizimining transport, barcha tibbiyot muassasalarining dori-darmon ta'minoti sezilarli darajada ta'minlandi, tibbiyot xodimlarining oylik ish haqi bosqichma-bosqich oshirilmoqda, oliy ta'lim muassasalariga maqsadli kvotalar belgilanmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Komiljon Ernazarov.
Shu bilan birga, sohada aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘layotgan, bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammo va masalalar ham mavjudligi hech kimga sir emas.O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug‘urtalashni bosqichma-bosqich joriy etish, Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, 2019 yil 1 iyulga qadar “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishi belgilangan.
Hozirda ishlab chiqilgan “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamalari portaliga joylashtirilgan.
Majburiy sug‘urta deganda fuqarolarning aksariyati ko‘z oldida pulni yig‘ib olib, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda mijozga mablag‘larni to‘lab berish o‘rniga, hujjatbozlik bilan uni sarson qiluvchi, iloji boricha pul to‘lamaslik payida bo‘ladigan xatti-harakatlar manzarasi gavdalanadi.
Shu tufayli ham taklif etilayotgan majburiy tibbiy sug‘urtada aholidan majburiy ravishda pul yig‘iladimi, shundoq ham o‘z yechimini kutayotgan masalalari mavjud bo‘lgan tibbiyotimizni yana muammolar girdobiga g‘arq qilib qo‘ymaymizmi, bugungi kunda bunga tayyormizmi, degan ko‘plab savollar ko‘pchilikni o‘ylantirishi tabiiy.
Ayni jihatdan kelib chiqib, bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasida “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi qizg‘in bahs-munozaralar asosida muhokama etilmoqda.
Taklif etilayotgan majburiy tibbiy sug‘urta tizimida aholidan umuman pul yig‘ilmaydi, balki barcha xarajatlar tashkil etilayotgan jamg‘arma hisobidan amalga oshiriladi. Jamg‘armaning daromadlari manbasi sifatida davlat budjeti hamda aholining sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulot (alkogol, tamaki va shu kabi) ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha ravishda to‘lovlar joriy qilish taklifi ilgari surilmoqda. Jamg‘armadan mablag‘larni to‘lash tibbiy xizmatlar uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha «har bir davolangan holat» uchun to‘lash tizimida ishlash rejalashtirilmoqda. Sug‘urtalangan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan, u davlat yoki xususiy tibbiyot muassasasi bo‘lishidan qat'i nazar, o‘zi xohlagan muassasaga murojaat qilish imkoniyati nazarda tutilmoqda.
Majburiy tibbiy sug‘urtani birdaniga butun mamlakat bo‘ylab joriy qilish emas, balki, avval Sirdaryo viloyatida eksperiment tariqasida joriy etish, uning natijalaridan kelib chiqib, boshqa hududlarga ham ommalashtirish rejalashtirilmoqda.
Yuqoridagilar bilan birgalikda, taklif etilayotgan qonun loyihasida ayrim kamchiliklar ham mavjud. Unda ko‘plab masalalarga aniqlik kiritilmagan. Masalan, loyihada tibbiy sug‘urta doirasida kafolatlangan tibbiy yordam hajmi, fuqarolarning bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan toifalariga nisbatan tibbiy sug‘urta shartlari qanday qo‘llanilishi, majburiy tibbiy sug‘urtaga jalb etilmagan aholiga qanday tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatlari qay darajada qamrab olinishi kabi masalalar yetarlicha ochib berilmagan. Mazkur holatlar qonun loyihasini qabul qilgandan so‘ng bir nechta qonunosti hujjatlarini qabul qilishni talab etadi. Shu bois, loyihani norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, maromiga yetkazish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashini ta'minlash bo‘yicha hali ancha ishlash talab etiladi.
Taklif etilayotgan majburiy tibbiy sug‘urta davlat xususiy sherikchiligini rivojlantirishga, davlat va xususiy tibbiyot o‘rtasida har bir mijoz uchun raqobatning kuchayishiga, “bizda bunaqa xizmat turi yo‘q” yoki “shifokor hozir yo‘q edi” kabi aholiga noqulayliklar keltirib chiqaruvchi sabab va bahonalarga chek qo‘yish, pirovardida, aholimizning barcha qatlamlarining yuqori malakali tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi, deydi deputat.
Toshkentda Markaziy Osiyoda ilk bor bionik protez qo‘llar o‘rnatish amaliyoti o‘tkazildi
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Rossiyaning “Motorika” innovatsion markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Protezlash va ortopediya markazida nogironligi bor shaxslar uchun bionik protez qo‘llar o‘rnatish amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
Markaziy Osiyo miqyosida ilk marotaba tashkil qilinayotgan tadbirning yurtimizda o‘tkazilishi soha rivoji uchun muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Nogironligi bor shaxslarga bionik protez qo‘llarni o‘rnatish amaliyoti har bir mijozga individual tarzda yondashgan holda, olgan jarohatiga ko‘ra, 3D texnologiyasini qo‘llash orqali amalga oshirildi.
Tadbirga kelganlar moskvalik tajribali mutaxassislardan bepul maslahat olish, bionik protez qo‘llar ishlash jarayonini kuzatish, shuningdek, bionik qo‘llar foydalanuvchilari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi nogironligi bor shaxslarning faqatgina sog‘liklarini tiklashlariga yordam berib qolmasdan, jamiyatga tezroq moslashib, ertangi kunga ishonch bilan qarashiga zamin yaratadi.