Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Markazi Samarqand hududiy bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 1996 yil 8 apreldagi 144- sonli buyrug‘iga asosan Samarqand shahridagi vrach internalarning yotoqxonasi bazasida yillik qabul qilish rejasi 1500 tinglovchiga mo‘ljallangan Samarqand o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini oshirish bilim yurti sifatida ochilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabr 319- sonli «Tibbiyot hamshiralarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» gi Qaroriga asosan Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Markazi Samarqand hududiy bo‘limiga aylantirilgan.
Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlari malakasini va ixtisoslashtirish Markazining Samarqand hududiy bo‘limi yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan qarorlar va direktiv ko‘rsatmalar asosida faoliyat yuritadi. Ushbu xujjatlarni asosiylari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 18 dekabr 319 sonli «Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2009 yil 23 dekabr 380 -sonli «Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrugi, 2009 yil 31 dekabr 390 – sonli “Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risi”dagi buyrugi
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2002 yil 26 iyundagi 300-sonli Respublika tibbiyot institutlarining «Oliy hamshiralik ishi bo‘limlarini bitiruvchilarini ishga yo‘naltirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2004 yil 20 oktabrdagi 463-sonli “Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish bilim yurtini qayta tashkil qilish (Markaz)to‘g‘risida”gi buyrug‘i
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2007 yil 1fevraldagi 50-sonli «Hamshiralik ishi bo‘yicha toifali mutaxassisliklar va farmasevt xodimlar kvalifikatsion toifani olish uchun attestatsiya nizomini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2015-yil 24-avgustdagi 336-sonli «O‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlarni malakasini oshirish va ixtisoslashtirishdan o‘tkazish tug‘risida» buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2017 yil 20 noyabrdagi 700-sonli “Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Markazi va uning hududiy fa’oliyatini takomillashtirish chora tatbirlari” to’g‘risidagi buyrug‘i
- Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevt xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish Markazi Samarqand hududiy bo‘linmalari “Nizomi” asosida ish olib boriladi.